01:48 / 24.09.2015
4115

KUN.UZ dayjesti: 23 sentabrda ro‘y bergan eng qiziqarli xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 23 sentabr kuni ro‘y bergan eng muxim va qiziqarli voqealar haqidagi xabarlarni takroran havola etamiz.

Putin Moskva jome masjidining ochilishida Qur'ondan iqtibos keltirdi>>

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva jome masjidining ochilish marosimida so‘zlagan nutqida Qur'ondan iqtibos keltirdi

Levandovski Yevropadagi chempionatlar tarixidagi eng tezkor penta-trik muallifiga aylandi>>

"Bavariya" hujumchisi 22 sentabr kuni Bundesliganing 5-turi doirasida "Volfsburg"ga qarshi o‘yinda 5ta gol urib, jamoasining yirik hisobdagi g‘alabasini ta'minladi

Rossiyalik ayol “Oka”sida 170 km/soat tezlikda BMW X6dan o‘zib ketdi>>

Rossiyaning Kemerovsk viloyatida “Oka” mashinasi haydovchisi 170 km/soat tezlikka chiqib, ko‘plab mashinalardan o‘zib ketdi. Ular orasida BMW X6 ham bor edi

105 yoshli yapon 100 metrga yugurish bo‘yicha jahon rekordini yangilaganidan qoniqmadi>>

Yaponiyalik Xidekiti Miyadzaki 100 metrga yugurib, 105 yoshdan oshganlar o‘rtasida jahon rekordini yangiladi. Biroq u o‘zining natijasidan norozi ekanini ma'lum qildi

Rim papasi AQShdagi safari davomida oddiygina Fiat 500L avtomobilida harakatlanmoqda>>

22 sentabrda AQShga kelgan Rim papasi Frantsisk AQSh bo‘ylab kichkina va arzon Fiat 500L avtomobilida harakatlanmoqda

Jahonning yangi moliyaviy poytaxti London bo‘ldi>>

London o‘ziga jahonning moliyaviy poytaxti maqomini yana qaytib oldi. Buyuk Britaniya poytaxti bu borada o‘zining asosiy raqibi Nyu-Yorkni ortda qoldirdi

Instagram`dan foydalanuvchilar soni 400 milliondan oshdi>>

Instagram fotoxizmatidan foydalanuvchilar soni 400 million kishidan oshdi

Top