23:10 / 24.09.2015
6450

KUN.UZ dayjesti: 24 sentabrda keng muhokamaga sabab bo‘lgan xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 24 sentabr kuni keng muhokamaga sabab bo‘lgan xabarlarni takroran havola etamiz.

Yamandagi masjidda Qurbon hayiti namozi o‘qilayotgan vaqtda terakt sodir etildi>>

Bugun, 24 sentabr tongida Yaman poytaxti Sano shahridagi masjidlardan birida terakt sodir etildi va kamida 15 kishi halok bo‘ldi.

Suriyalik muhojir haqida Rossiya matbuotida tarqatilgan ma'lumotlar yolg‘on bo‘lib chiqdi>>

Bugun Rossiyaning internet nashrlarida Vengriyada muxbir ayol tomonidan chalib yiqitilgan suriyalik qochqinning “al-Qoida” jangchisi bo‘lib chiqqanligi haqida yolg‘on axborot keng tarqatildi.

Bloomberg: Rossiya koalitsiyadan mustaqil ravishda IShIDga aviazarbalar berishi mumkin>>

Agar AQSh ittifoq tarkibiga Suriya prezidenti Bashar Asadni olmasa, Rossiya IShIDga xalqaro koalitsiya bilan harakatlarini muvofiqlashtirmagan holda aviazarbalar berishni boshlashi mumkin. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bermoqda.

Ramzon Qodirov Makkadagi tiqilinchni ham fojia, ham Tangrining in'omi deb atadi>>

Checheniston rahbari Ramzon Qodirov Makkada 24 sentabrda haj paytida yuz bergan tiqilinchni “Tangrining katta in'omi” deb atadi. Qodirov bunday fikrni “Russkaya slujba novostey” axborot agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Volkswagen rahbarining o‘rniga Porsche yoki BMW top-menejyerlari kelishi mumkin>>

Iste'foga ketgan Volkswagen avtokonserni rahbari Martin Vinterkornning o‘rnini Porsche rahbari Mattias Myuller yoki hozirda Volkswagen’ning yengil avtomobillar bo‘limiga rahbarlik qiluvchi, BMW’ning sobiq top-menejyeri Gerbert Diss kelishi mumkin, deb xabar bermoqda Bloomberg axborot agentligi.

Patriarx Kirill: Moskva musulmonlarga birodarlarcha munosabatda bo‘ladi>>

Patriarx Kirill birgina Moskvaning o‘zi islom davlatlaridan butun G‘arbiy Yevropa qabul qilayotgandan ko‘proq qochqinlarni qabul qiladi, deb aytdi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.

“Brigada” serialida suratga tushgan aktyor 280 kg “spays” saqlagani uchun hibsga olindi>>

“Brigada” serialida suratga tushgan aktyor Dmitriy Gumenetskiy bir kilogrammdan qilib paketlarga joylashtirilgan 280 kg “spays” – kayf beruvchi sintetik konsentratni saqlagani uchun hibsga olindi, deb xabar bermoqda Rossiya Giyohvand moddalar aylanmasini nazorat qilish federal xizmatiga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi.

Suriyadagi Rossiya samolyotlari “IShID” pozitsiyalariga zarbalar berdi>>

Suriya hukumat qo‘shinlari Rossiyaning samolyotlaridan “IShID” terrorchilik tashkiloti pozitsiyalariga aviazarbalar berishda foydalandilar. Bu haqda Reuters axborot agentligiga Londonda joylashgan Inson huquqlariga amal qilish bo‘yicha Suriya markazida ma'lum qilindi.

Rospotrebnadzor 21 yoshga to‘lmaganlarga alkogol mahsulotlari sotishni taqiqlovchi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi>>

Rossiya Federatsiyasi sanitariya-epidemiologiya xizmati (Rospotrebnadzor) 21 yoshga to‘lmaganlarga alkogol ichimliklarini sotishni taqiqlash tashabbusini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda federal xizmat xabar qildi.

Pele: Suarezning ishi Kostaning ishidan yomondir>>

Braziliyalik afsonaviy futbolchi Pele forvard Diyego Kostaning APL 6-turidagi xatti-harakatlariga baho berdi.

O‘zbekistonlik narkokurer Rossiyaga o‘z ichaklarida 169 konteynerda geroin olib o‘tishga harakat qildi>>

Domodedovo aeroportida o‘z ichaklarida 169 konteynerda geroin olib o‘tishga harakat qilgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda Interfaks agentligi xabar bermoqda.

AQShda musulmon ota-onalar Qurbon hayiti kuni maktabni yopishni talab qilishdi>>

AQShning Nyu-Jyersi shtatidagi Jyersi-Siti shahrida bir guruh musulmon ota-onalar maktab yig‘ilishida rahbariyatdan 24 sentabr kuni nishonlanuvchi Qurbon hayiti kuni maktabni yopishni talab qilib chiqishdi. Ma'muriyat ularning talabini qisman qondirdi. Bu haqda The Daily Mail xabar berdi.

Tojikistonda jodugarlarni 7 yilga qamash taklif qilindi>>

Tojikiston hukumati jinoiy kodeksga kiritishni taklif qilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar folbinlik va sehr-jodu bilan shug‘ullanuvchilarga nisbatan ko‘riladigan choralarning qattiqlashuviga olib keldi. Bu haqda mamlakat prezidentining matbuot xizmati xabar berdi.

Top