11:39 / 24.09.2015
3155

Mark Tsukerberg Xitoy rahbari bilan uchrashdi

Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Tsukerberg XXR raisi Si Tszinpin bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali xabar qildi.

“Bugun men XXR prezidenti Si Tszinpin bilan Sietlda o‘tayotgan 8-yillik AQSh-Xitoy Internet sanoati forumida uchrashdim. Forum texnologik kompaniyalar rahbariyati uchun AQSh amaldorlari bilan uchrashish va sohaning kelajagini muhokama qilishning yaxshi imkoniyatidir”, - deb yozdi u.

“Bu birinchi marta xalqaro yetakchi bilan to‘liq chet tilida suhbat qurishim. Men buni muhim hodisa deb hisoblayman. Prezident Si va boshqa yetakchilar bilan uchrashish men uchun katta sharaf bo‘ldi”, - qo‘shimcha qildi Tsukerberg.

Top