11:28 / 24.09.2015
5198

O‘zbekistonda yangi ko‘mir koni razvedkasi yakunlanmoqda

“O‘zbekko‘mir” davlat geologiya qo‘mitasi bilan hamkorlikda 2015 yil oxiriga qadar Vodil ko‘mir konidagi geologik razvedka ishlarini yakunlashni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi Sputnik agentligi korxona vakillarining so‘zlariga tayangan holda.

Yangi kon Farg‘ona shahridan 24 km nariroqda aniqlandi. Mutaxassislar uni o‘rganishni yakunlamoqda. Hisob-kitoblarga qaraganda, u yerdagi ko‘mir zaxiralari 117 mln tonnani tashkil qiladi.

Shu bilan birga, kon yer ostida joylashgani unda ishlar olib borishni qiyinlashtiradi. Shunga qaramay, ushbu konni ishga solish natijasida ko‘mirni chet elga eksport qilish imkoniyati tug‘ilishi aytilmoqda.

Top