16:08 / 24.09.2015
3978

O‘zbekistonlik narkokurer Rossiyaga o‘z ichaklarida 169 konteynerda geroin olib o‘tishga harakat qildi

Domodedovo aeroportida o‘z ichaklarida 169 konteynerda geroin olib o‘tishga harakat qilgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda Interfaks agentligi xabar bermoqda.
“19 sentabr kuni Domodedovo aeroportida operativ xodimlar tomonidan 1996 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi jami 705.14 gr geroin solingan konteynerlarni yutib, shu yo‘l bilan molni Rossiyaga olib kirishga harakat qilayotganida qo‘lga olindi”, - deyiladi xabarnomada.

Top