09:12 / 24.09.2015
3434

Suriya harbiy-havo kuchlari tomonidan Xomsda 50 nafardan ortiq jangari yo‘q qilindi

Suriya harbiy-havo kuchlari Xoms viloyatida “IShID” terrorchilik guruhining bir necha pozitsiyalariga zarbalar berdi. “Al-Mayadin” telekanalining ma'lum qilishicha, jangarilarning nasroniy Sadad shahri ostonalaridagi pozitsiyalariga zarbalar berilgan. Uchuvchilar, shuningdek, jangarilarning As-Suxna va Palmiradagi istehkomlariga zarbalar yo‘lladi. Zarbalar natijasida 50 dan ko‘proq jangari yo‘q qilindi.

Harbiy harakatlar Xomsdan 120 km uzoqlikda joylashgan Ash-Shoir tabiiy gaz koni atrofida ham olib borilmoqda. Jangarilar bu yerga yana hujum qilishdi, Suriya Qurolli kuchlari ularning hujumini qaytarishda aviatsiya qo‘lladi.

Suriya hukumat qo‘shinlarining muvaffaqiyatli operatsiyalari haqidagi ma'lumotlar Halab va Dayr-az-Zora shaharlaridan ham olinmoqda. Ma'lumotlarga ko‘ra, Suriyaning shimoliy poytaxti hisoblangan Halabda harbiylar va ko‘ngillilar Bani-Zayd, Ramos, Rashidin, As-Saxhur va Bo‘ston-Basha tumanlaridagi jangarilarga tegishli raketa otuvchi qurilmalarni yo‘q qilishgan.

Top