14:46 / 24.09.2015
2408

Xitoy politsiyasi 3 oy ichida 20 ming kishini hibsga oldi

Gongkong, Makao hamda ularga qo‘shni bo‘lgan Guandun viloyati rahbariyati uyushgan jinoyatchilikka qattiq zarba berdi.
Ma'lum qilinishicha, oxirgi uch mobaynida politsiya tomonidan o‘tkazilgan “Chaqin zarbi” amaliyoti davomida jinoiy guruhlarga aloqadorlikda gumon qilinayotgan 20 ming kishi qo‘lga olingan.
Matbuot anjumanida chiqish qilgan politsiya vakili Au Chin Shauning ma'lum qilishicha, reydlarda ishtirok etgan 65 ming huquq-tartibot xodimi Gongkongning barcha tungi klublari, ko‘ngilochar markazlarini tintib chiqib, barcha gumondorlarni qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lgan.
Ta'kidlanishicha, bunday yirik operatsiya 1 oktabr kuni nishonlanadigan XXR shakllanishining 66 yilligi arafasida o‘tkazilgan.

Top