10:16 / 25.09.2015
2002

“O‘ztransgaz”: 70.6 km gaz quvurlarida kapital ta'mir o‘tkazildi

“O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati 2015-2016 yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida 70.6 km uzunlikdagi gaz quvurlarida kapital ta'mir ishlarini olib bordi.

Bu haqda O‘zbekiston milliy matbuot markazida o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tildi. Shuningdek, ma'lum qilinishicha, 7.7 km gaz magistrallarida bosimga bardoshlilik darajasi tekshiruvdan o‘tkazilgan.

5.8 km uzunlikdagi yer osti gaz quvurlarining ahvoli tekshiruvdan o‘tkazilgan, 72 ming gaz taqsimlovchi punktlar reviziyasi amalga oshirilgan.

Top