14:01 / 25.09.2015
2117

Avgust oyida Gretsiyaga qariyb 108 ming noqonuniy qochqin kirib keldi

Avgust oyida Gretsiyaga noqonuniy yo‘llar bilan kirib kelgan 107 843 kishi – qochqinlar va muhojirlar qo‘lga olingan, deya xabar berdi mamlakat qirg‘oq himoyasi xizmati.

Qirg‘oq himoyasi xizmat faqatgina qo‘lga olingan chegarabuzarlar bo‘yicha statistik ma'lumot yuritadi. 3 sentabr kuni vazirlik rahbariyati e'lon qilgan raqamlar ko‘proqni tashkil etadi.

Bir oy ichida chegarani noqonuniy kesib o‘tish bo‘yicha 890 holat aniqlangan. Shuningdek, avgust oyida Gretsiyaga noqonuniy kirib olishni ta'minlovchi 53 kontrabandachi qo‘lga olingan.
Iyul oyida esa Gretsiyada 54899 nafar noqonuniy muhojir va ularni tashish bilan shug‘ullangan 47 kishi qo‘lga olingan edi.

Mamlakatda yil boshidan buyon hammasi bo‘lib 230 ming nafardan ziyod noqonuniy muhojirlar qo‘lga olingan. Ular oqimi iyul va avgust oylarida keskin o‘sgan.
Gretsiya Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi Suriya, Liviya, Iroq singari urush qamrab olgan davlatlar bilan suv orqali chegaradosh bo‘lgani sababli muhojirlar oqimini to‘xtatishning uddasidan chiqa olmayapti.

Afinaning fikricha, bu butun Yevropaning muammosi bo‘lib, Yevroittifoq uning yechimini faqatgina qit'a janubidagi mamlakatlarga tashlab qo‘ymasligi lozim.

Top