11:46 / 25.09.2015
4025

Italiyalik olim Mona Lizaning qoldiqlarini topganini da'vo qildi

Italiyalik tadqiqotchilar Leonardo da Vinchining “Liza del Jokondo xonim portreti”ning ilhomchisi bo‘lgan Luiza Gerardinining qoldiqlari topilganini e'lon qilishdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

“Agar siz bizdan so‘rasangiz, men, ha, biz uni topdik deb javob beraman”, - dedi tarixiy va madaniy meros bo‘yicha milliy qo‘mita vakili Silvano Vincheti.
Florentsiyalik ipak sotuvchisi Franchesko del Jokondoning rafiqasi qoldiqlarini qidirish ishlari bir necha yil muqaddam boshlangan edi.

Jokondo xonim oxirgi yillarini o‘tkazgan ibodatxona hamda oilaviy maqbara tekshirildi. Shu bilan birga, professor Jorjio Gruppioni 16 asrga oid bu qoldiqlar aynan Mona Lizaga tegishli ekanligi ehtimoli “unchalik yuqori emas”ligini tan oldi.

Top