23:56 / 25.09.2015
6521

Janna Friskening beva turmush o‘rtog‘i rafiqasining otasi tomonidan unga tahdid qilinayotganini aytdi

Marhum xonanda Janna Friskening beva turmush o‘rtog‘i, teleboshlovchi Dmitriy Shepelev politsiyaga marhum rafiqasining otasi unga tahdid qilayotgani yuzasidan murojaat qildi, deb ma'lum qilinmoqda OAVlarda.

Shepelev arizasida Friskening otasi unga bir necha bor tahdidlar qilganini aytgan.

Friskening otasi va Shepelev o‘rtasidagi nizoga teleboshlovchi va Friskening ikki yoshli farzandi Platon sabab bo‘lmoqda.

Xonandaning o‘limidan keyin uning o‘g‘li otasi bilan birga yashamoqda, biroq Friskening otasi bolakay ularnikida yashashini talab qilmoqda.

Janna Friske saraton kasalligi sababli 41 yoshida olamdan ko‘z yumdi. Xonanda 2013 yilning yozidan boshlab ikki yil davomida bosh miya o‘simtasi bilan kurashib kelgan, turli shifoxonalarda davolanish kurslari o‘tgan. Biroq kasallik baribir o‘z hukmini o‘tkazgan va xonanda 15 iyunda olamdan ko‘z yumgan edi.

Top