20:08 / 25.09.2015
3555

Klichko va Fyuri jangi ukrainalik bokschining jarohati tufayli boshqa sanaga ko‘chiriladigan bo‘ldi

Boks bo‘yicha o‘ta og‘ir vaznda WBA, IBF va WBO versiyalari bo‘yicha jahon chempioni Vladimir Klichko 24 sentabrda jarohat oldi. 39 yoshli bokschining oyoq paylari shikastlandi, deb xabar berdi 25 sentabr kuni aka-uka Klichkolar sayti.

Shu tufayli 24 oktabrda Dyusseldorfda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Klichko va Tayson Fyuri o‘rtasidagi chempionlik jangi boshqa sanaga ko‘chiriladigan bo‘ldi.

“Barcha muxlislarim, raqibim va uning jamoasiga uzrimni keltiraman. Men tezroq tiklanish uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman”, deb aytdi Klichko.

Klichkolar saytida ma'lum qilinishicha, jang bo‘lib o‘tadigan yangi sana keyingi haftada ma'lum qilinadi. Jang uchun sotilgan barcha chiptalar o‘z kuchida qoladi.

Top