10:20 / 25.09.2015
3879

Mirjalol Qosimov “Bunyodkor”ning bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin

O‘zbekiston terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov “Bunyodkor” jamoasiga qaytishi mumkin.

“Mirjalol Qosimov “Bunyodkor” jamoasi bosh murabbiyligiga birinchi raqamli nomzoddir”, - dedi klub bosh direktori Baxtiyor Boboyev “Bunyodkor”-“So‘g‘diyona” o‘yinidan keyin berilgan matbuot anjumanida. Uchrashuv poytaxt jamoasining foydasiga 2:0 hisobi bilan yakunlandi.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda jamoaning bosh murabbiyi Sergey Lushchan iste'foga chiqdi.
“Bu masala yaqinda hal qilinadi”, - qo‘shimcha qildi Boboyev.

Top