18:53 / 25.09.2015
4132

OAV: maktabda Poroshenkoning laqabi Pero edi

Maktab yillari Ukrainaning hozirgi prezidenti Pyotr Poroshenko fransuz tiliga muhabbati tufayli Pero laqabini olgan edi. Bu haqda Ukrainaning “Vesti” nashri yozmoqda.


Uning sinfdoshi bo‘lgan ayolning nashrga hikoya qilib berishicha, fransuz tili o‘qituvchisi dars chog‘ida uni Per Poroshenko deb chaqirgan.
“Yangi yil bayramlaridan birida esa u Pero obrazida chiqish qildi. Kostyumini unga onasi tikib bergan edi. Shu-shu bu Pyotrning laqabiga aylanib ketdi”, - dedi u.
26 sentabr kuni Poroshenko 50 yoshga to‘ladi.

Top