09:53 / 25.09.2015
2971

Obama Putinni “IShID”ga qarshi koalitsiyaga qo‘shilishga undaydi

AQSh prezidenti Barak Obama Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvi davomida Rossiyaning “IShID”ga qarshi koalitsiyaga qo‘shilishi masalasini ko‘tarmoqchi. Bu haqda Oq uy vakili Josh Ernestga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” agentligi ma'lum qildi.

“Prezident Obama Putinni “IShID”ga qarshi 60 dan ortiq davlat olib borayotgan kurashga o‘z hissasini qo‘shishga chaqiradi”, deb aytdi Ernest matbuot bayonoti davomida.

Ernest ikki yetakchi uchrashuvi Rossiya va AQShning Suriyadagi vaziyatni tartibga solishdagi umumiy harakatlarining boshlanishiga turtki beradi, deb ta'kidlab o‘tdi.

Top