16:48 / 25.09.2015
14282

Omonqo‘ton darasi xavf ostida

Samarqand viloyatining Urgut tumanida joylashgan Omonqo‘ton darasiga milliy bog‘ maqomi berilishi uzoq yillardan buyon kutilayotganiga qaramay, bu ish hozirga qadar amalga oshgani yo‘q. Ayni kunlarda esa bu yerdagi o‘rmonlar hajmi qisqarib bormoqda. Bu haqda “Samarkandskiy vestnik” nashri yozmoqda.

Yaqinda SamDU tabiiy fanlar fakulteti xodimlari tomonidan “O‘zbekiston ekotizimlari bioxilma-xilligini barqaror qo‘llash va asrash mexanizmlarini ishlab chiqish” doirasida Omonqo‘tonga safar uyushtirildi. NNTlar vakillari, OAV xodimlari tabiat bu yerdagi tabiat go‘zalliklarini kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Ta'kidlanishicha, atrofda yangi uylar qurilishi bilan Taxtiqoracha dovonidagi o‘rmonlar hajmi ham qisqarib bormoqda.
“Omonqo‘tonga muntazam kelib turamiz, - deydi loyiha ishtirokchisi, SamDU ekologiya o‘qituvchisi Leyla Belyalova. – Biz bu yerdagi odamlarga Omonqo‘ton o‘rmonlarini saqlab qolish muhimligini tushuntirishga harakat qilamiz. Ammo odamlar bunga javoban o‘z muammolari haqida gapiradi – bu yerda gaz yo‘q, elektr ta'minoti yaxshi emas, qishda qanday yashaymiz, deyishadi.

Bir necha bor bu yerda gaz quyish shoxobchasini ochish haqidagi kiritilgan so‘rovlar o‘z javobini topmadi, muqobil energiya manbalarini o‘rnatish esa mahalliy aholi uchun tushunarsiz narsa”.

Mavzuga oid
Top