14:41 / 25.09.2015
21761

O‘zbekiston xalq artisti O‘lmas Alixo‘jayev vafot etdi

Bugun O‘zbekiston xalq artisti O‘lmas Alixo‘jayev 73 yoshida vafot etdi.
Uning vafoti munosabati bilan “O‘zbekkino” milliy agentligi ta'ziyanoma e'lon qildi.

“«O‘zbekkino» Milliy agentligi, O‘zbekiston Kinoarboblari birlashmasi O‘zbekiston xalq artisti O‘lmas Alixo‘jayevning vafoti munosabati bilan marhumning oila a'zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etadi”, - deyiladi agentlikning rasmiy saytida.

O‘lmas Alixo‘jayev 1941 yilda Urganchda tavallud topgan. 1964 yilda aktyorlik fakultetini tamomlagan. 1963 yildan buyon filmlarda suratga tushib keladi.

Top