17:26 / 25.09.2015
3470

O‘zbekiston neft-gaz sektorida 4 ming mutaxassisga talab bor

O‘zbekiston neft-gaz sektorida 4 ming mutaxassisga talab bor. Bu haqda Gubkin nomli Rossiya neft va gaz davlat universitetining Toshkent filiali vakillari axborot berdi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda O‘zbekiston neft-gaz sohasining rivojlanishiga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu konferensiyada ma'lum qilinishicha, oliygoh 2 ming mutaxassis tayyorlab beradi, ayni paytda O‘zbekistonda ushbu sohada 4 ming mutaxassisga ehtiyoj bor.
2013-2014 o‘quv yilida oliygohni 300 mutaxassis bitirib chiqqan edi. Ayni paytda u yerda tahsil olayotganlar soni 580 kishini tashkil qiladi.

Top