09:14 / 25.09.2015
4776

O‘zbekistonda ilk xususiy zoosirk ochildi

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi Namaton qishlog‘ida O‘zbekistondagi ilk xususiy zoosirk ish boshladi. 12news saytining “Narodnoye slova” nashri xabariga asoslanib ma'lum qilishicha, zoosirk maydoni 2 gektarni tashkil etib, unda 200ga yaqin o‘txo‘r va yirtqich jonivorlar, qushlarning 40 turi saqlanmoqda.

Zoosirk hududida, shuningdek, Shahrisabz tarixi kichik muzeyi va bolalar o‘yin maydonchasi mavjud. Zoosirk maydonida uch ming kishiga mo‘ljallangan amfiteatr ham joylashgan bo‘lib, unda har kuni tomoshalar ko‘rsatiladi.
Qayd etilishicha, mazkur zoosirkning qurilishi ikki yil avval boshlangan bo‘lib, 2013-2015 yillarda Qashqadaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantirish dasturiga ham kiritildi.

Banklardan birining tuman bo‘limi shu maqsadda 300 million so‘m miqdorida kredit mablag‘i ajratdi. Ushbu mablag‘lar bir qism hayvonlarni sotib olishga sarflandi.
Ayni paytda zoosirkda 30 nafar mutaxassis faoliyat ko‘rsatmoqda. Biroq yaqin kelajakda yana 120 kishi ish bilan ta'minlanishi kutilmoqda.

Top