06:58 / 25.09.2015
14564

Putin AQSh erishgan ajoyib muvaffaqiyatlarning sababini keltirib o‘tdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikaliklarning ijodiy yondashuvi, ochiqligi va erkinligi AQShga ajoyib muvaffaqiyatlarga erishishga imkon berdi. Bu haqda Putin CBS telekanalida efirga uzatiluvchi “60 Minutes” ko‘rsatuviga bergan intervyusida aytib o‘tdi.     

Ko‘rsatuv boshlovchisi Charli Rouz Putindan “Sizni AQSh ish ko‘rish kerak bo‘lgan boshqa biror davlat sifatida qiziqtiradimi?” deb so‘radi. Putin “Albatta, bizni AQShda nimalar bo‘layotgani qiziqtiradi, bu dunyodagi eng yirik davlatlardan biri”, deb aytdi.

Rouzning “Siz AQShning nimasini ko‘proq qadrlaysiz?” degan savoliga Putin “Ijodiy yondashuv, ochiqlik va erkinlikni qadrlayman. Bu ichki salohiyatni ochishga imkon beradi”, deb javob berdi.

Putin “aynan shu holat tufayli AQSh ajoyib muvaffaqiyatlarga erishdi”, deb qo‘shimcha qilib o‘tdi.

Putin bergan intervyuning to‘liq versiyasi 27 sentabrda efirga uzatiladi. Qayd etilishicha, ushbu intervyu Putinning Nyu-Yorkka BMT Bosh assambleyasiga tashrifidan avval yozib olingan.  

Top