15:58 / 25.09.2015
4372

«Rossiya» aviakompaniyasi samolyotlari Qarshi va Namanganga parvozlarni bekor qiladi

Sankt-Peterburgning «Rossiya» aviatashuvchisi Qarshi va Namangan shaharlariga parvozlarni bekor qilishni rejalashtirmoqda.

Kompaniya bunday qarorga kelishiga yo‘lovchilar oqimining kamayganini sabab qilib ko‘rsatdi.
Sputnik agentligining xabar berishicha, «Rossiya» Pulkovo aeroportidan O‘zbekistonning Qarshi va Namangan singari shaharlariga bo‘lgan 10ta ruxsatnomani qaytarib oldi.

Endilikda aviatashuvchining qishgi jadvalida Bishkek, O‘sh, Namangan, Qarshi, Qaraganda, Iraklion, Pavlodar, Ust-Kamenogorsk, Pulu va Rodosga bo‘lgan yo‘nalishlar o‘rin olmaydi.
Qoidaga binoan, ruxsatnomalar qaytarib olingandan so‘ng aviakompaniyaga mavjud yo‘nalishlardagi ruxsatnomalardan foydalanilmagani sababidan yangilarini olishi qiyinlashadi.

Top