18:42 / 25.09.2015
5385

Saudiya Arabistoni hukumati ziyoratchilarni yo‘l-yo‘riqlarga rioya qilmaslikda aybladi

Ziyoratchilarning avvaldan taqdim etilgan yo‘riqnomaga rioya qilmagani Makka shahridan 700 kishidan ortiq kishining o‘limiga olib keldi. Bu haqda 25 sentabr kuni mamlakat Sog‘liqni saqlash vaziri Xolid al Faleh ma'lum qildi.
“Mazkur fojyeani tergov qilish tez sur'atlarda o‘tkazilib, uning ayrim ziyoratchilar yo‘riqnomaga rioya qilmagani natijasida kelib chiqqan bo‘lishi mumkinligiga oydinlik kiritiladi. Uning natijalari e'lon qilinadi”, - dedi vazir.
Saudiya qirolligi Fuqaro muhofazasi xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, tiqilinch natijasida 717 kishi halok bo‘ldi, eng kamida 863 ziyoratchi jarohatlandi. Shu munosabat bilan Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz Al-Saud haj paytida yuz bergan ko‘plab insonlar o‘limiga olib kelgan fojialar ortida hajning o‘tkazilish tartibini qayta ko‘rib chiqishga buyruq berdi.

Top