19:22 / 25.09.2015
4073

Saudiya qiroli halok bo‘lgan ziyoratchilarning oilalariga ta'ziya bildirdi

Saudiya Arabistoni qiroli Salmon kecha Makkada sodir bo‘lgan tiqilinchlikda halok bo‘lgan ziyoratchilarning oilalariga ta'ziya izhor qildi. Bu haqda ArabNews xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, Mino vodiysida sodir bo‘lgan fojiada 717 kishi halok bo‘ldi, 805 kishi jarohat oldi.
Qirol Haj mavsumlarida bunday holatlar kelajakda takrorlanmasligi, ziyoratchilarning xavfsizligini ta'minlash yo‘lida barcha choralar ko‘rilishini ta'kidlab o‘tdi.
Bundan tashqari, u tegishli idoralar va amaldorlarga mavjud tizimni qayta ko‘rib chiqib, uning xavfsizligini oshirish borasida barcha choralar ko‘rishni topshirganini ta'kidlab o‘tdi.

Top