11:35 / 25.09.2015
6154

Xitoyda shishali osma ko‘prik ochildi

Xitoy janubi-sharqidagi Xunan viloyatida shishali osma ko‘prik ochildi. Sinxua agentligining ma'lum qilishicha, u yerdan 180 m balandlikdan o‘tadi.

Ilgari ko‘prik yog‘ochdan yasalgan edi, ammo 11 kishidan iborat muhandislik guruhining bir necha oylik mehnatidan so‘ng u pasti shishadan yasalgan dunyodagi birinchi osma ko‘prikka aylandi.
Ko‘prik Shiniuzhai milliy bog‘ida o‘rnatilgan. Uning uzunligi 300 m ni tashkil qiladi.

Top