19:16 / 25.09.2015
1829

XMT O‘zbekiston kasaba uyushmalari uchun mutaxassislar tayyorlaydi

Xalqaro mehnat tashkiloti ekspertlari O‘zbekiston kasaba uyushmalari uchun mutaxassislar tayyorlaydi.
Bu O‘zbekiston va XMT o‘rtasida 2014-2016 yillarga mo‘ljallab imzolangan munosib mehnat dasturida ko‘zda tutilgan. Ayni paytda loyiha ishtirokchilarining ro‘yxati tasdiqlandi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi prezidiumi tomonidan tasdiqlangan maxsus komissiya suhbat o‘tkazish yo‘li bilan kasaba uyushmalari tomonidan taqdim etilgan 60 nomzoddan 35 nafarini ajratib olishdi.
Loyihadan ko‘zlangan maqsad kasaba uyushmalari uchun amaliy o‘quv kurslari o‘tkaza oladigan, zamonaviy metodikadan boxabar o‘qituvchilar va murabbiylar korpusini tayyorlashdir.

Top