21:56 / 26.09.2015
2471

Angliya Premer-ligasi, 7-tur: “Arsenal” “Lester”ni mavsumdagi birinchi mag‘lubiyatiga uchratdi, “Liverpul” “Aston Villa”ni yutdi

Angliya Premer-ligasining 7-turida “Arsenal” “Lester Siti”ni mavsumdagi birinchi mag‘lubiyatiga uchratdi: Klaudio Raneri shogirdlari o‘z maydonlarida 2:5 hisobida yutqazdilar. “Kanonirlar” safida Aleksis Sanches xet-trik amalga oshirdi.

“Liverpul” o‘z maydonida “Aston Villa”ni 3:2 hisobida yutdi.

“Sautgempton” “Suonsi Siti”ni 3:1 hisobida yutdi, “Vest Xem” va “Norvich” 2:2 hisobida durang o‘ynashdi, “Stok Siti” “Bornmut”ni 2:1 hisobida yutdi.

Angliya Premer-ligasi. 7-tur
Lester Siti (Lester) – Arsenal (London) – 2:5
Gollar: Vardi, 13 (1:0); Uolkott, 18 (1:1); Sanches, 33 (1:2); Sanches, 57 (1:3); Sanches, 81 (1:4); Vardi, 89 (2:4); Jiru, 90+3 (2:5).

Liverpul (Liverpul) – Aston Villa (Birmingem) – 3:2
Gollar: Milner, 2 (1:0); Starrij, 59 (2:0); Jyested, 66 (2:1); Starrij, 67 (3:1); Jyested, 71 (3:2).

Sautgempton (Sautgempton) – Suonsi Siti (Suonsi) – 3:1
Gollar: van Deyk, 11 (1:0); Tadich, 54 (2:0); Mane, 61 (3:0); Sigurdsson, 83 (3:1, pen).

Vest Xem Yunayted (London) – Norvich Siti (Norij) – 2:2
Gollar: Breydi, 9 (0:1); Saxo, 33 (1:1); Redmond, 83 (1:2); Kuyyate, 90+3 (2:2).

Stok Siti (Stok-on-Trent) – Bornmut (Bornmut) – 2:1
Gollar: Uolters, 32 (1:0); Gosling, 76 (1:1); Diuf, 83 (2:1).

Tottenxem Xotspur (London) – Manchester Siti (Manchester) – 4:1
Gollar: De Bryoyne, 25 (0:1); Dayyer, 45 (1:1); Alderveyreld, 50 (2:1); Keyn, 61 (3:1); Lamela, 79 (4:1).

27 sentabrda turning qolgan ikkita uchrashuvi bo‘lib o‘tadi: “Uotford” – “Kristal Pelas”, “Vest Bromvich” – “Everton”.

Top