21:41 / 26.09.2015
2198

Germaniya Bundesligasi, 7-tur: “Bavariya” “Maynts”ni tor-mor etdi, “Volfsburg” “Gannover”ni yuta olmadi

26 sentabrda Germaniya Bundesligasining 7-tur o‘yinlari boshlandi. 

Birinchi uchrashuvda “Bavariya” mehmonda “Maynts”ni 0:3 hisobida yutdi. Bavariyaliklar tarkibida Robert Levandovski dubl qayd qildi, yana bir to‘pni Kingsli Koman kiritdi. Tomas Myuller 0:0 hisobida penaltini amalga oshira olmadi.

“Volfsburg” o‘z maydonida “Gannover” bilan 1:1 hisobida durang natija qayd qildi.

Myonxengladbaxning “Borussiya”si mehmonda “Shtutgart”ni 1:3 hisobida mag‘lub etdi.

“Xoffenxaym” ham mehmonda “Augsburg”ni 1:3 hisobida yutdi.

“Verder” o‘z maydonida “Bayyer”ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Germaniya Bundesligasi. 7-tur
Maynts (Maynts) – Bavariya (Myunxen) – 0:3
Gollar: Levandovski, 51 (0:1); Levandovski, 63 (0:2); Koman, 68 (0:3).
Amalga oshirilmagan penalti: Myuller, 21 (Bavariya).

Volfsburg (Volfsburg) – Gannover-96 (Gannover) – 1:1
Gollar: Dost, 40 (1:0); Kiyotake, 57 (1:1).

Shtutgart (Shtutgart) – Borussiya M (Myonxengladbax) – 1:3
Gollar: Jaka, 16 (0:1); Gentner, 20 (0:2, avtogol); Ginchek, 40 (1:2, pen); Raffael, 90 (1:3).

Augsburg (Augsburg) – Xoffenxaym (Zinsxaym) – 1:3
Gollar: Folland, 10 (0:1); Chol, 38 (1:1); Folland, 68 (1:2, pen); Shmid, 73 (1:3).

Verder (Bremen) – Bayyer (Leverkuzen) – 0:3
Gollar: Mexmedi, 31 (0:1); Brandt, 58 (0:2); Kampl, 65 (0:3).

Top