17:58 / 26.09.2015
2983

Krishtianu Ronaldu: «Runini sog‘inaman, balki u bilan yana birga o‘ynarmiz»

«Real» jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Manchester Yunayted» jamoasi hujumchisi Ueyn Runi haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Runi bilan birga o‘ynagan vaqtlarimni sog‘inaman. Balki, vaqti kelib yana birga o‘ynarmiz. U Angliyada "oltin yigit" edi, uni barcha yaxshi ko‘rardi. Runining eng kuchli jihati uning xarakteri va jismoniy imkoniyatlarida. U hech qachon to‘xtab qolmaydi.

U ajoyib jamoaviy o‘yinchi va eng muhimi u gol ura oladi. Ueyn ajoyib yigit. «Manchester Yunayted»ga o‘tganimda, u menga ko‘p yordam bergan, – deydi Krishtianu Ronaldu.

Top