00:11 / 26.09.2015
3369

O‘zbekiston Oliy ligasi 23-turi: yetakchilar “Paxtakor”, “Lokomotiv” va “Nasaf” navbatdagi g‘alabalariga erishdilar

25 sentabrda futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasining 23-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar o‘z nihoyasiga yetdi.

Toshkentdagi Markaziy "Paxtakor" stadionida Oliy liga 23-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" hamda "Metallurg" klublari o‘rtasidagi uchrashuv 3:2 hisobi bilan toshkentliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Qizig‘i shundaki, 83-daqiqagacha bekobodliklar No‘'monov va Norbekovlarning gollari evaziga oldinda borayotgan edilar. Ammo so‘nggi 10 daqiqa ichida "Paxtakor" nafaqat oradagi farqni yo‘qqa chiqara oldi, balki oldinga o‘tib oldi.

Avvaliga, qanotdan Hoshimov bergan uzatmani Bahodir Pardayev boshi bilan raqib darvozasiga kirita oldi.

89-daqiqada Igor Sergeyev penaltini aniq ijro etdi. O‘yin oxirlarida, aniqrog‘i 90+3 daqiqada Sergeyev "Paxtakor"ning g‘alaba to‘pini kiritdi.

Shu tariqa "sherlar" g‘alaba qozonishdi va chempionlik uchun yana bitta katta qadamni tashlashdi.

Oliy liga, 23-tur

Paxtakor" - "Metallurg" — 3:2
Gollar: Pardayev (80), Sergeyev (89, 90+3) - No‘'monov (23), Norbekov (76)
Farg‘onaning "Neftchi" jamoasi Samarqandda "Dinamo"ni yengishga muvaffaq bo‘ldi. O‘yindagi yagona golni Azamat Bobojonov kiritdi.

"Dinamo" - "Neftchi" — 0:1
Gol: Bobojonov (63)

Andijondagi uchrashuvda "Loko" maydon egalarini 2:1 hisobida dog‘da qoldirdi. Mehmon jamoa futbolchilari Temur Kapadze va Sanjar Shoahmedovlarning gollariga Anvar Berdiyev 11 metrlik jarima nuqtasidan kiritgan goli orqali javob qaytardi.

"Andijon" - "Lokomotiv" — 1:2
Gollar: Berdiyev (81 pen) - Kapadze (53), Shoahmedov (71)

"Qo‘qon-1912" jamoasi Nosir Otaqo‘ziyevning 55-daqiqadagi goli evaziga juda muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.

"Qo‘qon-1912" - Qizilqum" — 1:0
Gol: Otaqo‘ziyev (55)

"Olmaliq" hamda "Sho‘rtan" klublari o‘rtasidagi uchrashuvda 3:1 hisobi qayd etilib, olmaliqliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
Yovanovichning dubli hamda Qutiboyevning bitta goliga Berdiyev 27-daqiqada kiritgan goli orqali javob qaytardi.

"Olmaliq" - "Sho‘rtan" — 3:1
Gollar: Qutiboyev (3), Yovanovich (27, 51) - Berdiyev (27)

"Nasaf" hamda "Navbahor" klublari o‘rtasidagi uchrashuv 5:1 hisobida qarshiliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Gollarga boy kechgan uchrashuvda mezbon jamoa safida Shomurodov va Gevorkyanlar dubl qayd etishdi. “Navbahor” a'zosi Ulug‘bek Baqoyev esa ham raqib, ham o‘z darvozasini ishg‘ol etdi.

"Nasaf" - "Navbahor" — 5:1
Gollar: Shomurodov (7, 55), Gevorkyan (23, 69), Baqoyev (31) - Baqoyev (13)

Top