22:49 / 26.09.2015
7740

Putin va Medvedevning suratlari Birinchi kanalda efirga uzatilgan ko‘rsatuvda berkitib qo‘yildi

Rossiyaning Birinchi kanalida “Chelovek i zakon” (“Inson va qonun”) ko‘rsatuvida yaqinda hibsga olingan Komi respublikasi gubernatori Vyacheslav Gayzer haqidagi syujyetda Geyzerning ishchi xonasida devorga ilib qo‘yilgan Rossiya prezidenti va bosh vaziri Vladimir Putin va Dmitriy Medvedevning suratlari berkitib ko‘rsatildi.

Ko‘rsatuv 25 sentabrda efirga uzatildi va YouTube’dagi rasmiy kanalda joylashtirildi.

Rossiya Tergov qo‘mitasi vakili Vladimir Markinning ma'lum qilishicha, Gayzer va uning hamtovoqlari Rossiya iqtisodiyotiga milliard rubllik ziyon keltirgan.

Top