17:03 / 26.09.2015
6924

Qo‘qonda rafiqasining bozordagi janjali tufayli qotillikka qo‘l urgan erkak 13 yilga qamaldi

Qo‘qon shahrida istiqomat qiluvchi Muhsin Safoyev qotillikka qo‘l urib, 13 yilga qamaldi. “Huquq” nashrining yozishicha, u rafiqasi bilan bozorda savdo joyi talashgan yigitni pichoqlagan uchun sudlangan.

Jinoyatchining turmush o‘rtog‘i Gulsun Safoyeva shahardagi bozorlardan birida paypoq sotib kun ko‘rgan. Bir safar u o‘g‘lining to‘yi tufayli bir hafta bozorga chiqmagan, qaytganida esa uning yonida savdo qiluvchi Jahongir Jo‘rayev va Sadirbek Hapizov uning joyi hisobiga o‘z joylarini kengaytirib olishganini ko‘rgan. Buning natijasida savdogarlar o‘rtasida janjal kelib chiqqan.

Uch kundan so‘ng bozorga Gulsun Safoyevaning turmush o‘rtog‘i Muhsin Safoyev kelib, yigitlar bilan janjallashgan va Jahongir Jo‘rayevning yuragiga pichoq urgan.

Jo‘rayev shifoxonada o‘ziga kelmay vafot etgan.

Top