18:32 / 26.09.2015
12684

Sayyoramizdagi eng yolg‘iz inson

Qutb tadqiqotchisi Vyacheslav Korotkiy — Shimoliy qutbda ishlovchi meteorolog-mutaxassis.

U oxirgi 30 yil ichida Arktika kemalari bo‘ylab sayohat qiladi. Gohida Barentseva dengizi sohilida joylashgan yaqin posyolkalardan biri Xodovarixda to‘xtaydi, hozir esa tashlandiq mayoqda umrguzaronlik qilmoqda. Vyacheslav poselkada meteorologik o‘lchovlar bilan shug‘ullanadi. Kortotkiyning rafiqasi bor, ammo u eridan juda-juda olisda —Arxangelskda yashaydi. Vyacheslavning yoshi 63 da, farzandlari yo‘q.

The New Yorker topshirig‘i bilan tadqiqotchining mehmoni bo‘lgan suratkash Yevgeniya Arbugayeva uning tanholikdagi hayoti haqida ajoyib materiallar tayyorladi.

 

1. Vyacheslav Korotkiy Xodovarix posyolkasidagi mayoqda oy to‘lgan paytda tadqiqot olib boradi. Qachonlardir ushbu mayoq dengizchida Shimoliy dengiz yo‘lini topishga yordam bergan edi.

 

2. Korotkiy Xodovarix posyolkasidagi yog‘och uyda istiqomat qiladi. O‘zining barcha meteo ma'lumotlarni maxsus jurnalga bitib boradi.

 

3. Meteorologik jurnal, bulutlar atlasi va boshqa kerakli kitoblar uning stolida turadi. Yuriya Gagarinning suratini u vafot etgan 1968 yilda, gazeta sahifalaridan olgan.

 

4. Korotkiy tik tizzasigacha suvga kirib, tik turgan holatda Barentseva dengizi chuqurligini o‘lchamoqda.

 

5. Korotkiyning radiostansiyasidan boshqa stansiyalarga ob-havo to‘g‘risidagi ma'lumotlar uzatiladi. Ular esa ushbu ma'lumotlarni Moskvaga uzatishadi. Xabarlar asosan qor bo‘ronlari yoki kuchli shamollar haqida bo‘ladi.

 

6. Vyacheslav bo‘sh vaqtlarida gugurt cho‘plaridan mana bunday imoratlar qurish bilan mashg‘ul bo‘ladi.

 

7. O‘z qo‘li bilan yasagan kemasida u gohida sayr etishni ham xush ko‘radi.

 

8. Xodovarixa, 25 yanvar, 2014 yil. Korotkiy uyidan besh daqiqali masofa uzoqlikda joylashgan meteobudkada ish bilan mashg‘ul. Uning boshi uzra esa shimol yog‘dusi jilvalanmoqda.

 

9. Barentseva dengizining Vyacheslavga bir yilda bir marta oziq-ovqat va ichimlik olib keladigan “Mixaila Somova” dizel-elektroxodining illyuminatoridan ko‘rinishi.

 

10. Korotkiy  o‘zining yog‘och uyi derazalaridan qarshisida yastanib yotgan biyobonlarga nazar tashlaydi. U hayotidan mamnun. Buni uning ko‘zlaridan ham bilsa bo‘ladi.

Top