12:29 / 26.09.2015
5141

Toshkentda surxondaryolik valyutafurushlar 10 ming dollar bilan qo‘lga olindi

Toshkentda surxondaryolik valyutafurushlar 10 ming dollar bilan qo‘lga olindi. Bu haqda “Ogoh” gazetasi yozmoqda.

Aytilishicha, surxondaryolik yigitlar – 1986 yili tug‘ilgan Fazliddin Xoliqov va 1992 yili tug‘ilgan Abdurashid Abdullayevlar hech qayerda ishlamay, turli yo‘llar bilan tirikchilik qilib kelgan. Bir kuni tanish ayol Abdullayevdan uy sotib olish uchun so‘mga dollar beradigan odam topib berishni so‘ragan.

Abdullayev Xoliqovga murojaat qilib, yonidagi pullarni qora bozor narxida almashtirib, foyda ko‘rishni talab qilgan. Xoliqov rozi bo‘lgan.
Belgilangan kuni Abu Saxiy bozori yaqinidagi avtomashina turargohida bu ikki shaxs mijozga 9.9 ming dollar o‘tkazayotgan paytda qo‘lga olindi.

Top