08:49 / 26.09.2015
2622

Volkswagen‘ning 5 mln avtomobili nosoz dasturiy ta'minot bilan jihozlangani ma'lum bo‘ldi

Volkswagen markasidagi 5 mlnga yaqin avtomobil nosoz dasturiy ta'minot bilan jihozlangan bo‘lgan, deb aytdi kompaniyaning yangi rahbari Mattias Myuller Volfsburgda bo‘lib o‘tgan matbuot-anjumanida. Bu haqda DPA nashri ma'lum qildi.

“Biz imkoni boricha tezroq savdo hamkorlarimiz, mijozlar va jamoatchilikka taqdim qiladigan texnik yechim ustida faol ish olib bormoqdamiz”, deb aytdi Myuller.

Nosozliklar kompaniyaning turli modellarida aniqlandi, biroq bu amaldagi Yevropa me'yorlariga mos keladigan yangi avtomobillarga tegishli bo‘lmadi. Kompaniya nosozliklarni bartaraf etish bo‘yicha choralarni atotransport vositalarini foydalanishga kiritishga ruxsat beruvchi inspeksiyalar bilan birgalikda qabul qiladi.

Top