15:27 / 26.09.2015
2728

Xitoyda 2030 yildan yiliga 680 mln tonna neft iste'mol qilina boshlaydi

2030 yilga borib Xitoyning neft mahsulotiga bo‘lgan ehtiyoji hajmi yiliga 680 mln tonnaga yetadi. Bu haqda Xitoy milliy neft korporatsiyasi (SNPC) tahlilchilari ma'lum qilishgan.

"Bu borada 2015 yildan 2030 yilgacha har yili o‘rtacha 2 foizdan o‘sish kuzatiladi. 2020 yildan Xitoy o‘z zaxiralaridan faol ravishda foydalana boshlaydi. 2030 yilga borib zaxiralardan 100 mln tonnagacha neft foydalanish uchun olinadi", deyiladi xabarda.

SNPC prognozlariga ko‘ra, Xitoyning neft xomashyosi importi hajmi o‘sishda davom etadi. Ayni vaqtda Xitoyda neftning 60 foizi xorijdan olinsa, 2030 yilda bu ko‘rsatkich 70,6 foizga teng bo‘ladi.

Biroz oldinroq, Xitoyning neft zaxiralari hajmi 1 mlrd tonnaga yetgani ma'lum qilingandi.

Bu zaxiralarning 82,6 foizlik qismi 25ta katta va o‘rta hajmli konlarda joylashgan.

Bundan tashqari, Xitoyda 1,1 trillion kub metrdan ortiq tabiiy gaz zaxiralari, 106,75 mlrd kub metrdan ortiq slanets gazi va 60,19 mlrd kub metrdan ortiq ruda gazi zaxiralari mavjud.

Top