19:06 / 27.09.2015
5258

Afg‘onistonda IShID jangarilari politsiya uchastkasiga hujum qilishdi

Afg‘oniston hukumati Nangarxar viloyati hududida 300 nafardan ortiq jangarilardan iborat guruh politsiya uchastkasiga hujum uyushtirgani haqida ma'lum qildi.

Mahalliy hokimiyat vakillari bu hujum "IShID"ning maxsus tayyorlangan rejasi asosida amalga oshirilgani haqida aytishgan.

Bu hudud avvaldan tolibonlar va "IShID" jangarilari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar markazi bo‘lib keladi.

Xabarda ushbu hujumni bartaraf etish vaqtida jangarilardan 35 nafari o‘ldirilgani aytilgan.

Kobuldagi rasmiylar esa bu hududda jihodchilarga qarshi amalga oshirilgan harbiy amaliyot chog‘ida ulardan 50 nafarga yaqini yo‘q qilingani haqida xabar bergan.

Top