15:27 / 27.09.2015
3740

Amerikacha futbol o‘yinchisi o‘yindagi to‘qnashuv tufayli jon berdi

Nyu-Jyersida amerikancha futbol bo‘yicha "Uorren Xills" nomli jamoa a'zosi Evan Myurrey o‘yin vaqtida raqib bilan to‘qnashuvda olgan jarohati tufayli olamdan o‘tdi. Bu voqea "Sammit" kolleji jamoasi bilan kechgan uchrashuv paytida sodir bo‘lgan. Bu haqda Daily News xabar berdi.

Ushbu to‘qnashuvdan keyin 17 yoshli sportchi hushini yo‘qotgan va shifoxonaga olib borilgan. Ko‘rilgan zarur choralarga qaramasdan u o‘ziga kelmasdan vafot etgan.

Uning o‘limiga aynan nima sabab bo‘lgani tekshiruvlardan keyin aniqlanadi.

Top