09:58 / 27.09.2015
8953

AQSh va Markaziy Osiyo davlatlari o‘zaro hamkorlikning yangi formatini o‘rnatishdi

AQSh va Markaziy Osiyoning beshta davlati – O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston mintaqaviy masalalarni muhokama qilish uchun o‘zaro hamkorlikning yangi formatini o‘rnatishdi. Bu haqda 26 sentabrda Nyu-Yorkda AQSh Davlat kotibi Jon Kerrining Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashuvi yakunlariga ko‘ra AQSh Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Jon Kirbi jurnalistlarga ma'lum qildi.

Kirbining aytishicha, Kerri bu muzokaralarni o‘tkaza turib, “mintaqaviy masalalar bo‘yicha AQSh davlat kotibi va uning Markaziy Osiyodagi hamkorlari o‘rtasidagi bahs-munozaralarning yangi formati tashabbusi bilan chiqdi”.

“Davlat kotibi va S5 davlatlari (Markaziy Osiyo davlatlari) tashqi ishlar vazirlari AQSh va ushbu mintaqa mamlakatlari xavfsizlik va iqtisodiy rivojlanish sohalaridagi yangi chaqiriqlarga javob berishda qanday birga ishlashlari mumkinligini muhokama qilishdi”, deb aytdi Kirbi.

Guruh, shuningdek, Afg‘onistondagi vaziyat va uning Markaziy Osiyodagi barqarorlikka ta'sirini muhokama qilishdi.

Uchrashuvdan keyin ishtirokchilar Markaziy Osiyo davlatlari hamda Osiyo va Yevropa davlatlari bilan aloqalarning yaxshilanishi o‘sish va tinch rivojlanishga qanday ko‘mak berishi haqida suhbatlashdilar.

“AQSh Davlat kotibi va Markaziy Osiyo tashqi ishlar vazirlari yaqin kelajakda mavjud ikki tomonlama aloqalarga qo‘shimcha ravishda S5+1 formatida kelgusi muzokaralarni o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqishga kelishib oldilar”, deb ta'kidlab o‘tdi Kirbi.

Top