09:29 / 27.09.2015
2247

Tsukerberg: internetga kirishning kengaytirilishi 160 mln kishini nochorlik holatidan chiqaradi

Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Tsukerberg BMT bosh qarorgohidagi nutqi davomida rivojlanayotgan davlatlarda internetga kirishning kengaytirilishi 160 mln kishini nochorlik holatidan chiqaradi, deb aytdi. Bu haqda USA Today nashri ma'lum qildi.

Tsukerberg, shuningdek, internetga kirishning kengaytirilishi millionlab bolalarga ta'lim olish imkoniyatini berishi va 140 mln dan ortiq ish o‘rni yaratishini aytdi.

Bundan tashqari, u internetni ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni harakatlantiruvchi kuchlardan biri ekanligini aytdi va butunjahon tarmog‘ini inson imkoniyatlarini rag‘batlantirish va rivojlantirishning muhim vositalaridan biri deb hisoblashga chaqirdi.

Avvalroq Mark Tsukerberg maktabga o‘zi yasagan qo‘lbola soat olib kelgani uchun hibsga olingan 14 yoshli Ahmad Muhammadni mehmonga chaqirib, kamdan-kam odamlar bunday “zo‘r” narsani yasay olishga qodirligini aytib, uni maqtagani ma'lum qilingandi.

Top