18:37 / 27.09.2015
3052

Kishinyovda ommaviy norozilik namoyishi o‘tkazilmoqda

Moldaviyada yana bir marta hukumatga qarshi ommaviy namoyish boshlandi. Parlament binosi oldida yig‘ilgan namoyishchilar navbatdan tashqari parlament saylovi o‘tkazilishini talab qilishmoqda va mamlakat prezidenti Nikolay Timoftining iste'foga chiqishini istashmoqda.

Voqea joyidan xabar bergan muxbirlar namoyish tinch ruhda o‘tayotganini ta'kidlashgan. Namoyishchilar shahar ko‘chalari bo‘ylab marsh uyushtirishgan va parlament binosi oldida to‘xtashgan.

Ushbu tadbirlar muxolifatdagi Sotsialistlar partiyasi (rahbari Igor Dodon) va "Nashey partii" (rahbari Belts shahri meri, Moldaviyada katta ta'sirga ega bo‘lgan shaxs Renato Usatogo) tomonidan tashkillashtirilgan.

Ma'lumot uchun, Timoftining joriy prezidentlik muddati 2016 yilning 22 martigacha davom etadi.

Top