23:18 / 27.09.2015
4629

Lukashenko: sobiq ittifoq parchalangandan keyin yo‘qotilgan muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘linmadi

Sobiq ittifoq parchalangandan keyin yo‘qotilgan kuchlar muvozanatini hanuzgacha tiklashga muvaffaq bo‘linmadi, deb aytdi Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko BMTning global rivojlanish bo‘yicha sammitida.

“Afsuski, jahon sammitga oxirgi 30 yil davomida kuzatilmagan tarqoq va ajralgan holda keldi”, deb aytdi Lukashenko BMT Bosh assambleyasi minbaridan.

“Global tahdidlar o‘sishi munosib javob olmayotgani achinarlidir. Biz Sobiq ittifoq parchalangandan keyin yo‘qotilgan muvozanatni hanuzgacha tiklashga muvaffaq bo‘lmadik. Dunyoda kuchlar muvozanati, tinchlik, barqarorlik yo‘q. Bu tizimli inqirozdir”, deb ta'kidlab o‘tdi Lukashenko.

Top