10:29 / 27.09.2015
2550

Malayziya rivojlanayotgan davlatlar uchun 200 mln dollarga yaqin yordam mablag‘i ajratadi

Malayziya hukumati rivojlanayotgan davlatlarga yordam dasturi asosida 200 mln dollarga yaqin mablag‘ sarflaydi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Najib Razzoq BMT doirasidagi Janub-Janub loyihasi bo‘yicha uchrashuvda savollarga javob berish chog‘ida aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Malayziya daromadi yuqori bo‘lgan jamiyatlar paydo bo‘lishi uchun yordam ko‘rsatishga tayyor.

Malayziya bosh vaziri boshqa davlatlarni ham "Janub-Janub" dasturining amalga oshirilishida yordam ko‘rsatishga chaqirgan.

"Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari Assotsiatsiyasi (ASeAN) vakili sifatid Malayziya bu uyushmaning tarkibidagi "Janub-Janub" loyihasi amalga oshishida faol harakat qiladi", deb qo‘shimcha qildi bosh vazir.

Top