10:52 / 27.09.2015
2710

Merkel Tsukerbergga Facebook’da irqchilik xabarlari mavjudligidan norozilik bildirdi

Germaniya kansleri Angela Merkel Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Tsukerbergga ijtimoiy tarmoqda irqchilik ko‘rinishidagi sharhlarning tarqatilishidan norozilik bildirdi.

BMT Bosh assambleyasi maydonlaridagi uchrashuvda Merkel Facebook rahbariyati Berlinning irqchilik holatiga qarshi kurash bo‘yicha takliflarini inobatga olmayotganini aytdi.

Tsukerberg o‘z navbatida bu muammo ustida ishlash kerakligini javob qildi.

Top