12:01 / 27.09.2015
3902

Platini UYeFA prezidentligidan chetlatilishi mumkin

UYeFA prezidenti Mishel Platini FIFAning etika bo‘yicha mustaqil qo‘mitasi o‘tkazayotgan tekshiruv paytida o‘z lavozimidan chetlatilishi ham mumkin.

Bu shuningdek, uning kelgusi yilning 26 fevralida o‘tkaziladigan FIFA prezidentligi uchun saylovlarda qatnashishiga ham halal berishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 25 sentabr kuni Shveytsariyada FIFA prezidenti Yozef Blatterga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan edi.
Mazkur ish jarayonida Blatter Platini hisobiga ikki million Shveytsariya franki o‘tkazib bergani aniqlangan.

Frantsuz amaldori buni to‘qqiz yil ilgari FIFA bilan shartnoma bo‘yicha ishlab olganini bildirgan.

Top