08:27 / 27.09.2015
5721

Putin va Saudiya Arabistoni qiroli “IShID”ga qarshi o‘zaro harakatlarni muhokama qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud telefon orqali Suriyadagi vaziyatni hamda “IShID” va boshqa terrorchilik guruhlariga qarshi kurashni muhokama qilishdi, deb xabar bermoqda Kreml matbuot xizmati.

Suhbat Rossiya tashabbusi bilan bo‘lib o‘tdi. Putin Makkadagi fojia munosabati bilan Saudiya Arabistoni rahbariga hamdardlik bildirdi.

“Ikki davlat yetakchisi birinchi navbatda Suriyadagi vaziyatni tartibga solish yo‘llarini izlash hamda “IShID” va boshqa terrorchilik guruhlariga qarshi kurashda samarali xalqaro hamjihatlikni yo‘lga qo‘yish nuqtai nazaridan mintaqaviy xavfsizlik bo‘yicha fikr almashishdi”, deyilmoqda xabarda.

Tomonlardan har biri xalqaro masalalar bo‘yicha suhbat va ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning yanada rivojlanishidan manfaatdorliklarini bildirishdi.

Top