19:59 / 27.09.2015
3802

Shayxontohurlik firibgar ayol tanishidan “qarindoshini Hindistonda davolatish uchun” 16.5 mln so‘m oldi

Shayxontohurlik firibgar ayol tanishidan “qarindoshimni Hindistonda davolataman” degan bahonada 16.5 mln so‘m olib, qaytarib bermadi. Jabrlanuvchining murojaatiga ko‘ra u qo‘lga olinib, sudga tortildi. Voqea tafsilotlari “Ogoh” nashrida yoritildi.

Aytilishicha, 1984 yili tug‘ilgan Dilmira Uzoqova o‘zidan 12 yosh kichkina bo‘lgan Xalil Bakirov bilan tanishib, uning ishonchiga kirgan. U yigitchadan qarindoshini davolatish uchun Hindistonga jo‘natayotganini aytib, qarzga pul so‘ragan. Dilmira o‘ljasidan 16.5 mln so‘m olib, shundan so‘ng u bilan aloqani uzishga harakat qilgan. Lekin Bakirov, aldanganini tushungach, tegishli tashkilotlarga murojaat qilgan.

Top