15:41 / 28.09.2015
2532

Abdulaziz Komilov Nyu-Yorkda AQSh Davlat departamenti vakillari bilan uchrashdi

27 sentabr kuni Nyu-York shahrida O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va AQSh Davlat kotibining birinchi o‘rinbosari Antoni Jon Blinken o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-AQSh kun tartibi hamda munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Ba'zi mintaqaviy muammolar ham muhokama qilindi.

26 sentabr kuni O‘zbekiston delegatsiyasi AQSh Davlat departamenti vakillari – davlat kotibi yordamchisi Nisha Desai Bisval, davlat kotibi yordamchisining birinchi o‘rinbosari Todd Chapman bilan uchrashgandi.

Top