15:22 / 28.09.2015
4697

Afg‘onistonda Tolibonning keng miqyosli hujumi boshlangani xabar qilindi

Juma kunidan buyon Afg‘oniston shimolidagi Qunduz shahrida Tolibon harakati jangarilari va hukumat qo‘shinlari o‘rtasida to‘qnashuvlar davom etmoqda.
Rasmiy axborot kanallarining ma'lumot berishicha, yuzlab jangarilar bir necha kundan buyon Qunduzga hujumlar uyushtirmoqda.

Dushanba kuni ertalab to‘qnashuvlar shaharning to‘rt tumanida davom etayotgan edi. Bu jarayonda tinch aholi vakillaridan 2 kishi halok bo‘ldi, 34 kishi yaralandi.
Har ikki tomondan ham yo‘qotishlar bor, ammo ularning aniq miqdori oshkor qilinmayapti.

Top