18:50 / 28.09.2015
2294

Audi zararli ajratmalar ko‘rsatkichlarini kamaytiruvchi dasturlardan foydalanishini tan oldi

Volkswagen avtomobilsozlik konserni tarkibiga kiruvchi Audi kompaniyasi 2.1 mln avtomobillarida mashinalari ajratadigan zararli ajratmalar ko‘rsatkichini kamaytirib ko‘rsatuvchi dasturiy ta'minot o‘rnatilganini tan oldi.

Avtomobillar quyida mamlakatlarda realizatsiya qilingan: 1.42 mln v G‘arbiy Yevropada va 13 ming AQShda. Gap A1, A3, A4, A5, A6, TT, Q3 va Q5 modellari haqida ketmoqda. Ularga Yevro-5 ekologik standartga mos dvigatellar o‘rnatilgan.
Sentyabr oyida AQShda Volkswagen avtomobillari ekologik sinovlari bilan bog‘liq janjal kelib chiqdi. Aniqlanishicha, ushbu mashinalarga o‘rnatilgan dasturiy ta'minot zararli chiqindilar hajmi kamaymagan taqdirda ham ekologik rejimni ko‘rsatib turavergan. Maxsus komissiya voqea yuzasidan surishtiruv olib bormoqda. Kompaniya ko‘p millonli jarimaga tortilishi mumkin.

Top