11:29 / 28.09.2015
4758

Eksimbank O‘zbekistonda 1 mlrd dollarlik loyihalarni amalga oshirmoqchi

Janubiy Koreya ishbilarmonlari hamda ushbu mamlakatning Eksport-import banki O‘zbekiston bilan investitsion hamkorlikni rivojlantirishga tayyor. Bu haqda bank raisi Li Duk Xun Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Eksimbankning Koreya iqtisodiy taraqqiyotidagi o‘rni va uning O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga qo‘shayotgan hissasi” mavzuidagi seminarda aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga qaraganda, “Asaka” banki bilan 160 mln so‘mlik kredit borasida tuzilgan shartnoma yangi loyihalarning boshlanishiga yo‘l ochib berishi kutilmoqda.
“Eksimbank O‘zbekistoning strategik loyihalar amalga oshishida ishtirok etayotgan asosiy hamkorlaridan biridir. Bank mablag‘lari hisobidan mamlakatda 1 mlrd dollarlik loyihalar amalga oshirildi. Ayni paytda yana shuncha miqdordagi loyihalar ustida ishlanmoqda”, - ta'kidladi Duk Xun.

Top